Wednesday 19 September 2012

...birov ko'rmaydi.


Yillar bag’riga otilgan hissiyotlar hazon fasli qahridan bekingan kapalak misol, yana osudalik yeli esishini kutib yashayveradi.. Bu holatning ilohiy jihati – tabiiylikdan o’ta mustasnoligida. Oyna ortidagi qahraton izg’irin va jazirama issiqni qanchalik uzoq kuzatmang, bu kuzatuv sizga ularning tig’iga bardosh bo’la oladigan na chidam va na subut beradi. Men aytayotgan hislarning ilohiyligi esa nigohlar ortidagi sukunatdan kuch olib, vaqt o’tgani sari uqubat, og’riq va umidsizlik yomg’iri – achchiq ko’z yoshlar panohidan  tobora uzoqlashib borishida.. Ruhiy savlatimiz shunday yuksalib boradiki, endi ularsiz – ko’z yoshlarisiz ham bemalol oh chekaveramiz, yig’layveramiz.. Faqat buni boshqa birov ko’rmaydi.