Sunday 30 November 2008

Bir siqim she'r... Meniki emas...

Nomingni takrorlab pichirlar labim,
Vujudim titratar og'ir armonim.
Gul tongni sog'inib yashagan kabi,
Men seni sog'inib yashayman jonim.

Bu qirg'oq xijrondir, u qirg'oq visol
O'rtada oqar suv mening imkonim. 
Bandi qush falakka talpingan misol,
Men senga talpinib yashayman jonim.

Umr o'tib borar daryodek shitob,
Ko'z yoshga aylanib boradi qonim.
Bir umr bo'g'zimda titrar bir xitob,
Vaslingga zor bo'lib yashayman jonim.