Wednesday 16 May 2012

Dogs, hands, and humans

If your dog bites your hand while feeding, dont punish it as it will come back for more food again. It can then only look at your hands, but cant look up your eyes. This is how you know it regrets the bite. Just like us humans)

Wednesday 9 May 2012

Unga quloq soling... yurakka


Uzoq vaqt qo’limga qalam ola olmadim. Hozir ham yozsammi, yozmasammi qabilida oppoq sahifaga tikilib o’tiribman. Kechagina o’qigan bir yozuvchimning yon daftaridagi bir kichik eslatmaga ko’zim tushib ketdi. Unda katta harflar bilan “Tafakkurdagi tiniqlikka intil” deb yoz\ib qo’yilgan ekan. Tafakkurdagi tiniqlik haqida falsafa so’qishdan avval hammasidan eng oddiyi – tiniqlik haqida o’ylab ketdim.

Unchalik oson emas ekan u haqda o’ylash. Nima o’zi u? Hamma haqida hukm chiqarish illatidan qochib, o’zimning o’ta jo’n bo’lsa ham, shaxsiy tasavvurimga murojaat qilaman. Tiniqlik bu – moviy osmon, ezgu hislar, bezavol tabiat, siniqlik belgisi tushib ulgurmagan tabassum, ona mehri, og’ir damingda suyanganing do’stingning yelkasi, qo’rqib ketganda qo’lingdan mahkam ushlab, “Men yoningdaman” deya qulog’ingga shivirlab aytilgan xitob..   Xullas, adoqsiz davom ettirish mumkin bu yog’ini.

Sizning tasavvuringizda mana shu tiniqlik yana yuzlab boshqa timsollarda shakllanishi mumkin. Muhimi – endi asosiy vazifa. O’sha o’zimiz o’ylab, chizib, bo’yab yoki bo’yab ulgurmaganimiz – tiniqlik, yoki u deb o’ylaganimiz, va u deb nomlaganimizni tafakkurga ko’chirish. Hamma gap ana shunda, menimcha. Tasavvurda buning hammasi oson. Lekin, huddi tiniqlikni ko’chirmoqchi bo’lganimiz o’sha tafakkurning o’zida ham tiniqlikka qarama qarshi bo’lgan boshqa bir kuch yastanib yotadi. Uni yengib o’tish, uni o’z joyidan siljitib, tiniqlikka yo’l ochish – juda mushkul.. Biroq adolat tarozusini teng qo’yish kerak. Siz unga ham quloq solib ko’rsangiz, uning ham dardi bor. Bu –  aldangan damlarimiz, armonga aylanib qolgan ozrular, yolg’onchi marazlar, sotqin do’stlar, ko’kraging bilan himoya qilganingda orqangdan pichoq sanchgan masxaraboz yaqinlar, kungaboqar birodarlar… bularning hammasi misli bir yara, va eng muhimi, gohida hattoki tiniqlikdan ham katta og’irlikka ega. Xushyor bo’lmasak, tortib ketadi..

Kafka bunga yechim taklif etadi. Uning aytishicha, miyada va tafakkurda qanchalik dahshat hukmron bo’lmasin, uning bizga real  bir havf solishi uchun yurakdan miyaga quyiladigan qon va tiriklik bongi ham unga hizmat qilishi kerak. Demak, kalit bizning qo’limizda. Yurakni har doim ham miyaga tobe’ qilib qo’ymasak, bo’lgani. Yurak chaqirig’iga tez-tez quloq solib turish kerak ekan.. Achinarlisi, tafakkurga tomon intilayotgan bechora tiniqlikning yolg’iz posboni ham shu – yurak. Qaniydi uni tinglash va anglash baxti hammaga birdek nasib etsa...