Yillar bag’riga
otilgan hissiyotlar hazon fasli qahridan bekingan kapalak misol, yana osudalik
yeli esishini kutib yashayveradi.. Bu holatning ilohiy jihati – tabiiylikdan o’ta
mustasnoligida. Oyna ortidagi qahraton izg’irin va jazirama issiqni qanchalik
uzoq kuzatmang, bu kuzatuv sizga ularning tig’iga bardosh bo’la oladigan na
chidam va na subut beradi. Men aytayotgan hislarning ilohiyligi esa nigohlar
ortidagi sukunatdan kuch olib, vaqt o’tgani sari uqubat, og’riq va umidsizlik
yomg’iri – achchiq ko’z yoshlar panohidan tobora uzoqlashib borishida.. Ruhiy savlatimiz
shunday yuksalib boradiki, endi ularsiz – ko’z yoshlarisiz ham bemalol oh
chekaveramiz, yig’layveramiz.. Faqat buni boshqa birov ko’rmaydi.
No comments:
Post a Comment