Lahza betakror.
Hayotimizning deyarli asosiy qismini o’z hukmiga osonlikcha bo’ysundirgan har
qanday vaqt oralig’ini bu his bilan izohlash menimcha – jinoyat.
Umrimiz
keluvchi va ketuvchi tuyg’ular, kelguvchi va abadiy qoluvchi taassurotlar bilan
o’tib borar ekan, uning fojeali darajadagi kichik zarrasinigini lahzaga
tenglashtirish mumkin. Bu vaqt mas, bu tiriklik belgisi bo’lgan iztirob va yoki
sog’inch ham emas. Bu shunchaki favqulotda shuurimizda jonlanadigan va uni
astoydil anglab yetgunimizga qadar yana sarob misol g’oyib bo’ladigan oniy
borliq.
Qanchadan qancha yuraklarni, millionlab umrlarni qattiq dovul zulmiga
uchragan qum zarralari kabi har tomon kun payakun qilishga qodir vaqt uning
oldida bosh egadi. Uning oldida o’ta ojiz. U shunchalik qudratliki, uning
oldida yuraklar ham, zulmat bag’ridan kelgan dard va nurli sayyora elchisi –
sog’inch ham sukut saqlaydi. Hamma gap – u paydo bo’lgan oniy nafasda uni imkon
qadar ilg’ab qolishda. Ulgurish kerak. Umrning choragi faqat u haqdagi
o’y-hayollar bilan o’tdi-ketdi. Muhimi, bu yog’iga – uning borligiga hech
bo’lmasa iymon keltirish uchun idrok va yorug’lik hissini anglab ulgursam,
bo’lgani.
No comments:
Post a Comment